1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektr yig'ilishi boshlandi

Yig'ilishda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Buxoroda Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektr yig'ilishi boshlandi

 

Buxoro shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Yig'ilishda ta'kidlanishicha, suv resurslari yildan yilga kamayib borayotgani oqibatida oziq-ovqat tanqisligi ko‘plab davlatlarda kun tartibidagi eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.

 

Bunday sharoitda O'zbekistonda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga aholiga dehqonchilik qilishi uchun 200 ming gektar yer maydonlari ajratilgan. Natijada:

 

  • 700 ming nafar aholi doimiy, yana 1,3 million nafari mavsumiy ish bilan taʼminlandi;
  • 605 ming nafar (90 foiz) dehqonlarning daromadlari ko‘paydi;
  • kartoshka bilan o‘zini o‘zi taʼminlaydigan tumanlar 112 taga, piyoz bilan – 144 taga va sabzi bilan – 146 taga yetkazildi.

 

Shuningdek, bugungi kunda 94 ta tuman va shahar o‘zini aholisini kartoshkaga bo‘lgan talabini taʼminlay olmaydi, 62 tasi piyoz, 60 tasi sabzi, 84 tasi go‘sht, 139 tasi parranda go‘shti va tuxumni boshqa hududlardan olib kelishi ma'lum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика