1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotganlar ushlandi

Gumonlanuvchilar 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolarga sotgan vaqtida ushlangan.

Buxoroda sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotganlar ushlandi

 

Buxoro viloyatida sof quyma oltin bo‘laklarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, 3 nafar fuqaro Shofirkon tumanida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolarga 7 ming AQSH dollari va 300 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика