1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda soxta soliqchi ushlandi

U tadbirkorni aldab, pul talab qilgan.

Buxoroda soxta soliqchi ushlandi

 

Buxoro viloyatining Kogon shahrida soxta soliqchi fosh etildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Vobkent tumani «Charmgaron» mahallasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan B.S. ismli shaxs “Sabina Samira chorvasi” oilaviy korxonasi rahbari T.A.ni aldab, unga o‘zini Kogon shahar DSI xodimi deya tanishtirgan. U korxonaga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan xarid cheki berilmaganligi haqida soliq idorasiga murojaat tushganligini va ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berish evaziga 1 mln so‘m talab qilgan. 2023 yil 26 may kuni Kogon shahar DSI binosi yonida T.A.dan talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan jinoyat ustida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика