Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkakka 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qotillik 2024 yilning 13 oktyabr kuni sodir bo‘lgandi. Sudlanuvchi erkak kelishmovchilik oqibatida tanishlari N.A. (ayol) hamda U.D. (erkak)ni qasddan o‘ldirishni maqsad qilib, ularning tanasining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan. Oqibatda U.D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida ushbu qotillik yuzasidan sud ishi yakunlandi.
Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) asosan erkakka nisbatan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


