1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda teplovoz yuk mashinasini urib ketdi

Viloyat IIB avtohalokat yuzasidan maʼlumot berdi.

Buxoroda teplovoz yuk mashinasini urib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Kogon tumanidan o‘tuvchi temir yo‘lda teplovoz hamda yuk mashinasining to‘qnashuvi aks etgan video yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yil 6 iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani “Zarmanoq” mahallasida yashovchi B.L. boshqaruvidagi “Chakman” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Mazkur to‘qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga biroz texnik shikast yetgan.

 

Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Kogon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика