Buxoro shahrida ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan 32 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar берди.
Aniqlanishicha, Buxoro shahar “Gulchorbog‘” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Y.S. ismli ayol, ikki nafar mijozga yengil tabiatli ayolni topib berib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun o‘zi ijara asosida istiqomat qiluvchi Guliston mahallasidagi xonadondan joy ajratib bergan. Buning evaziga ayol mijozlardan 300 000 so‘m olib, qo‘shmachilik qilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


