1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodagi “Geofizika ekspeditsiyasi” binosida yong‘in chiqdi

Avvalroq ham mazkur korxonada yong‘in yuz bergandi.

Buxorodagi “Geofizika ekspeditsiyasi” binosida yong‘in chiqdi

 

Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

11 iyun kuni soat 12:37da Kogon shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Kogon tuman Geofizika  MFY hududida joylashgan “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasi binosida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan. Xabarga asosan, voqea joyiga jami  6 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan.

 

Yong‘in oqibatida binoning 40 kvadrat metr maydonda tomosti yog‘och qurilmalari yongan. Fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика