Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyati Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik harakatlari sodir etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Shuningdek, muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Bundan tashqari, Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.


