1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodagi omborxonada yong‘in chiqdi

FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Buxorodagi omborxonada yong‘in chiqdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bozor yonib ketgani aytilgan video tarqaldi. Holatga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

7 iyun kuni soat 12:06da G‘ijduvon tuman “Pamo‘za” MFY Yu.Hamadoniy ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 30 kvadrat metr maydonda qurilish mollari yongan.

 

FVB xodimlari  voqea joyiga soat 12:08da yetib borib, yong‘inni 12:45 da o‘chirishgan. Yong‘indan yon tomonlardagi do‘konlarning 70 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

 

Hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика