1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodan Toshkentga kelayotgan “Afrosiyob” poyezdi yo‘lda to‘xtab qoldi

Yo‘lovchilarga chipta narxi to‘liq qaytarib beriladigan bo‘ldi.

Buxorodan Toshkentga kelayotgan “Afrosiyob” poyezdi yo‘lda to‘xtab qoldi

 

Kecha, 1-yanvar kuni Buxoro–Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sabab Yangi Chinoz–Chinoz peregon oralig‘ida to‘xtab qoldi. Holat yuzasidan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida 20:35 da Toshkent-Shimoliy vokzalidan zaxira «Afrosiob» elektropoyezdi  jo‘natilgan va ushbu poyezd Chinoz bekatiga 21:05 yetib borgan. 269 nafar yo‘lovchi zaxira poyezdiga xavfsiz o‘tkazilib, poyezd Toshkent-Markaziy vokzaliga 22:05 da yetib kelgan.

 

“Yo‘lovchilarga yo‘l davomida qo‘shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatildi. 269 nafar yo‘lovchiga chipta narxi to‘liq qaytarib beriladi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика