1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroning tarixiy qismida uyatsiz harakatlar qilgan qiz va yigit javobgarlikka tortildi

Holat bundan bir yil oldin sodir bo‘lgan.

Buxoroning tarixiy qismida uyatsiz harakatlar qilgan qiz va yigit javobgarlikka tortildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 qiz va 1 bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan "Poyi Kalon" majmuasi oldida madaniyatiz hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB maʼlumot berdi. 


Aniqlanishicha, 2022-yilning iyul oyi o‘rtalarida 2004-yilda tug‘ilgan E.M. ismli ayol o‘zining tanishi 2004-yilda tug‘ilgan, hozirda Samarqand temir yo‘l texnikumi 1-bosqich talabasi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi "Poyi Kalon" majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli beo‘xshov qiliqlar qilib, boshqa bir tanishining qo‘l telefoniga videoga olingan hamda o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g`risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi. Shuningdek, voqeani tasvirga olgan fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика