Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib Mersk kompaniyasining COVID-19 virusiga qarshi tabletkalarini tasdiqladi.
Molnupiravir nomli dorini koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qabul qilishlari mumkin. Bu haqda BBC xabar qildi.
"Bugun mamlakatimiz uchun tarixiy kun, chunki Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib, uyda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan COVID-19 virusiga qarshi dorini tasdiqladi", - dedi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid.
Uning taʼkidlashicha, tabletkalar yaqinda kasallik aniqlangan bemorlarga kuniga ikki marta beriladi.
Ilgari maʼlum qilinganidek, klinik sinovlarning uchinchi bosqichida Molnupiravirni qabul qilgan bemorlarning atigi 7,3 foizi kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar yo‘q.
Shuningdek, Molnupiravir koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muhim yordamchiga aylanishi mumkinligi xabar qilingan.
Nasiba To‘xtayeva


