Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Voronej va Rostovni Rossiya hududlari sifatida tan olmasligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Trass Sergey Lavrov bilan muloqot chog‘ida rus armiyasi qismlarini darhol Ukraina chegarasi yaqinidan olib ketishni ikki marta talab qilgan. Bunga javoban Lavrov qo‘shinlar Rossiya hududida turgani va joylashuvda chegaralanmasligini maʼlum qilgan.
Shundan keyin Tashqi ishlar vaziri britaniyalik hamkasbiga "siz Voronej va Rostov viloyatlarida Rossiya suverenitetini tan olasiz-ku?" deb murojaat qilgan. Trass esa "Buyuk Britaniya hech qachon bu hududlarda Moskva suverenitetini tan olmaydi" deb javob bergan.
Vaziyatga Londonning Rossiyadagi elchisi Debore Bonnert aralashishga majbur bo‘ldi. Bonnert Britaniya bosh diplomatiga gap haqiqatdan ham Rossiya hududlari haqida ketayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, vvalroq Sergey Lavrov Trass bilan uchrashuvga "kar bilan soqov suhbati" deb baho bergandi.
Jahongir Qo‘ziyev


