1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Buyuk Britaniya vaziri Parij stadionidagi tartibsizliklarni tergov qilishga chaqirdi

"Real Madrid" – "Liverpul" uchrashuvidagi tartibsizlik ortidan 105 kishi hibsga olindi.

Buyuk Britaniya vaziri Parij stadionidagi tartibsizliklarni tergov qilishga chaqirdi

 

Buyuk Britaniya madaniyat vaziri Nadin Dorris Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqini (UEFA) tartibsizliklar sabablari va Parijdagi Chempionlar ligasi finali kechikishi sabablarini rasman tekshirishga chaqirdi.

 

Fransiya polisiyasi «Real Madrid» – «Liverpul» uchrashuvida ingliz muxlislariga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va qalampir spreyi qo‘llagani uchun tanqid qilindi.

 

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen britaniyalik futbol muxlislarini minglab odamlarni tegishli chiptalarsiz «Stad de de Frans»ga kirishga majburlaganlikda aybladi. Polisiya 105 kishini hibsga oldi. O‘z navbatida, UEFA mutasaddilari o‘yinning kechiktirilishini «xavfsizlik sababli» izohladi.

 

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni va undan keyin Chempionlar ligasi finali vaqtida Parij polisiyasi Fransiya poytaxti Sen-Deni yaqinidagi «Stad de Frans» stadionida yuz bergan tartibsizliklar vaqtida 68 kishini hibsga olgan edi.

 

UYeFA va Fransiya rasmiylariga ko‘ra, Chempionlar ligasi finali oldidagi tartibsizliklar o‘yinni tomosha qilishni istagan minglab odamlarda qalbaki chiptalar bo‘lgani sabab bo‘lgan. Stadionga kiraverishda muxlislarning ko‘pligi tufayli Chempionlar ligasi finali o‘ttiz daqiqadan ko‘proq kechiktirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика