1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniyada sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.

Buyuk Britaniyada sigaret sotish taqiqlanyapti

 

Parlament 2009-yildan keyin tug‘ilgan fuqarolarga sigaret sotishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi. Bu chora Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak tomonidan ilgari surilgan. Sigareta va elektron sigareta to‘g‘risidagi qonun loyihasini 383 kishi yoqlab, 67 kishi esa qarshi bo‘lib ovoz bergan. Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Viktoriya Atkins o‘zining parlamentdagi chiqishida hujjat loyihasini qattiq himoya qilib, "tobelikda erkinlik yo‘q"ligini ta’kidladi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, bu yil 15 yoshga to‘lgan va undan kichik bolalar hech qachon qonuniy ravishda tamaki xarid qila olmaydi. Hujjatda, shuningdek, elektron sigareta mahsulotlarini bolalar uchun kamroq jozibador qilish hamda voyaga etmaganlarga tamaki yoki elektron sigareta mahsulotlarini sotganlarga nisbatan jamrimalar qo‘llashni tartibga soladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика