1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Byudjet mablag‘larini "tuya qilgan" mansabdorlar fosh etildi

Jinoyat murojaatga asosan aniqlangani aytilmoqda.

Byudjet mablag‘larini "tuya qilgan" mansabdorlar fosh etildi

 

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda bo‘limdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi.

 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, muallifning shikoyatlari hamda to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan edi.

 

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda Xatirchi tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 26-fevral kuni Xatirchi tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика