Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Captiva-2024 avtomobillarining narxlari haqida maʼlumotlar tarqaldi. “UzAutoMotors” tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, tarqalgan maʼlumotlar soxta. Saytdan olingan skrinshotlarda Chevrolet Tracker avtomobil rasmi va narxlari ko‘rsatilganiga eʼtibor bermagan holda, kanallar soxta xabarlarni tarqatishda davom etmoqda. “UzAutoMotors” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan avtomobil haqidagi maʼlumotlar narxi va komplektatsiyasiga ko‘ra Chevrolet Tracker avtomobiliga to‘g‘ri kelishi va Captivaʼga hech qanday aloqasi yo‘qligini maʼlum qildi.
“Bundan tashqari, Chevrolet Captiva faqat 3 ta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Hurmatli kanal adminlari va blogerlar, xabarni “sensatsiya” qilishdan oldin kompaniyaning rasmiy kanallarida berilgan maʼlumotlarni diqqat bilan solishtirishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.


