1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Captiva–5 masalasida Antimonopoliyaning qo‘li baland kelmoqda — deputat

“O‘zavtoMotors” bir guruh dilerlar orqali fuqarolardan avtomobil uchun oldindan pul olib, ularni yetkazib bermagan.

Captiva–5 masalasida Antimonopoliyaning qo‘li baland kelmoqda — deputat

 

“Sitora avto savdo” MCHJning Antimonpoliya ustidan sudga bergan arizasi qanoatlantirilmadi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida xabar qildi. 

 

Monopoliyaga qarshi qurashish qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlari bo‘yicha maxsus komissiyasi fuqaroga Captiva-5 avtomobilini yetkazib berish va penya to‘lash haqida qaror qabul qilib, “Sitora avto savdo” MCHJga ijro etish uchun ko‘rsatma qilib yuborgan.

 

“Har doimgidek monopolist “O‘zavtoMotors”ga orqa qilgan holda ushbu MCHJ Savdo sanoat palatasi orqali bu qaror ustidan sudga ariza kiritgan. Biroq bu safar sud uning arizasini qanoatlantirishni rad qilgan”, — deydi derutat.

 

“O‘zavtoMotors” bir guruh dilerlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, Captiva-5 avtomobillari uchun oldindan pul olib, avtomobillarni yetkazib bermagan. Qaror qonuniy kuchga kirsa, diler Captiva-5 avtomobilini fuqaroga yetkazib berishiga to‘g‘ri keladi.

 

“Qonunlarni tan olmay, iste’molchilarni oyoqosti qiladigan, Prezident topshiriqlarini ham  bajarmaydigan monopolist O‘zbekistonda sud qarorlarini tan oladimi, yo‘qmi — hamma gap shunda. Ko‘ramiz”, — deb yozadi Kusherbayev.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика