1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Chang bo‘roni tufayli "Tez yordam"ga chaqiriqlar soni oshdi

4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga qilingan chaqiriqlar soni 3 noyabr holatiga nisbatan 649 taga oshgan.

Chang bo‘roni tufayli "Tez yordam"ga chaqiriqlar soni oshdi

 

Joriy yilning 4-6 noyabr kunlari mamlakatimizning ayrim hududlarida, xususan, Toshkent shahrida mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi kuzatilib, buning oqibatida atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan meʼyordan 5 barobar, kunning ayrim vaqtlarida esa 30 barobar oshgani kuzatildi.

 

Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etiligan bo‘lib, “Tez yordam” xizmati tomonidan aholiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

 

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘ribayevning so‘zlariga ko‘ra, 4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga qilingan chaqiriqlar soni 4082 tani tashkil etib, 3 noyabr holatidan 649 taga oshgan.  5 noyabrdan 6 noyabr soat 06.00 gacha umumiy chaqiriqlar soni 4110 taga yetib, nafas olish bilan bog‘liq murojatlar soni 709 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich jami chaqiriqlar sonining 17,2 foiziga teng.   Shundan allergik reaksiyalar bilan 36 ta, bronxial astma huruji bilan 122 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 11 tasi gospitalizatsiya qilingan.

 

Yurtdoshlarimizga bunday noodatiy va noqulay ob-havo sharoitida “1003” qisqa raqamli  Call-markazining malakali mutaxassislaridan changli havodan qanday himoyalanish bo‘yicha tunu-kun kerakli maslahat va tavsiyalar olishlari taklif qilinadi.

 

Maʼlumot uchun, mutaxassislar havodagi zararli chang-g‘ubor yaqin kunlar ichida ham saqlanib qolishini va 12 noyabrga qadar yog‘ingarchilik kutilmayotganini taʼkidlamoqda. Qolaversa, “O‘zgidromet” so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday hodisa kuzatilmaganini maʼlum qildi.

 

Avvalroq, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kuzatilayotgan noodatiy ob-havo yuzasidan bildirgan fikrlari hamda 4-noyabr kuni 678 kishi nafas qisishi tufayli "Tez yordam"ga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика