Qirg‘izistonda Prezident Sadir Japarovning besh yillik rahbarlik faoliyatiga bag‘ishlangan to‘rt qismli “Prezident” hujjatli filmi namoyish etildi.
Filmning ikkinchi qismida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz–tojik chegarasida yuzaga kelgan keskin vaziyatga to‘xtalib, mazkur masalaga yechim topilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va vazmin diplomatik yondashuvi muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.
Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, sammit va uchrashuvlar davomida u birinchi bo‘lib Tojikiston rahbariga chegara masalasini bevosita muhokama qilishni taklif qilgan. Dastlab bu taklif qo‘llab-quvvatlanmagan bo‘lsa-da, keyingi uchrashuvlardan birida Tojikiston tomoni muzokaralarga rozilik bildirgan.
“Shu o‘rinda alohida ta’kidlashim kerakki, bunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘rni juda katta bo‘ldi. U kishi muammolarni hozir, shu yerning o‘zida hal qilish zarurligini, aks holda keyin imkon bo‘lmasligi mumkinligini aytdi. Yon berishga borish lozimligini maslahat berdi. Shundan so‘ng ikki rahbar bir stol atrofida o‘tirib, chegara masalasini hal qildik”, — deya qayd etdi Qirg‘iziston prezidenti.
Shuningdek, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Qulubayev ham mazkur jarayonda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbus va sa’y-harakatlarini e’tirof etdi. Uning eslashicha, O‘zbekiston rahbari chegara mojarosining davom etishi mintaqaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini bir necha bor ta’kidlagan.
“Qirg‘iziston va Tojikiston kelishishi kerak. Agar mintaqada nizoli vaziyat saqlanib qolsa, bu yerga na investor, na sayyoh keladi. Tashqaridan qaraganda esa barcha davlatlar nomi ‘-iston’ bilan tugagani uchun ular doim mojaroli hudud sifatida qabul qilinadi”, — degan edi O‘zbekiston rahbari, deya eslaydi Quluba


