Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi chegara bojxona posti orqali 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlarida turli dorilar olib kirgan ayol ushlandi.
Qayd etilishicha, avvalroq Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postida piyoda kirib kelgan shaxs qo‘lidagi chaqalog‘ining kiyimlari orasiga 32 dona “Anaferon” dori vositasini yashirib olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolingan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Oradan bir oy o‘tib u yana shu usulda – 9 oylik chaqalog‘ining boshdan oyoq kiyimlari orasiga 21 dona “Avamis” dori vositasini yashirib olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


