1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Chelsi” Tiago Silvani mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

Futbolchi yaqinda shartnomasini uzaytirgandi.

“Chelsi” Tiago Silvani mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

 

“Chelsi” himoyachi Tiago Silvani jamoaning 2022/2023 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

 

Joriy mavsumda braziliyalik himoyachi “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 2,5 million yevroni tashkil qiladi.

 

Fevral oyida 38 yoshli futbolchi “ko‘klar” bilan shartnomasini 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Biroq, Tiago Silva o‘z intervyusida futbolchilik faoliyatini “Fluminense” klubida yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика