Turkiyaning “Hatayspor” klubi hujumchisi, avvalroq Londonning “Chelsi” klubida o‘ynagan Kristian Atsu Turkiyada vayronalar ostidan o‘lik holda topildi. Bu haqda futbolchining agenti Murat Uzunmehmet o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar boshlanganidan beri Atsu qayerdaligi va ahvoli haqida hech narsa maʼlum emas edi. Avvalroq “Hatayspor” vakillari futbolchi fojia arafasida turk klubini tark etmoqchi bo‘lganini maʼlum qilgandi.
Atsu 31 yoshida vafot etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi faoliyati davomida Angliyaning “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl” va “Bornmut”, Portugaliyaning “Portu”, Ispaniyaning “Malaga” va boshqa klublarida o‘ynagan. Atsu Turkiyaning “Hatayspor” klubiga 2022 yilning sentyabrida kelib qo‘shilgan edi.


