"Yuventus"ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon "keksa senyora" 2023/2024 yilgi mavsumda A seriyani yutishi mumkinmi yoki yo'qligini aytdi.
“Bu mavsumda hammasi biroz muvozanatliroq. Saudiya Arabistoniga ko'plab o'yinchilar ketgani sababli, Yevropa futboli texnik jihatdan biroz yomonroq ahvolda. "Inter" yoki "Milan" o'zining eng yuqori cho'qqisida bo'lganida, hatto "Manchester Siti" yoki "Real"ni ham mag'lub etishi mumkin. "Yuventus" o'tgan mavsumda ham chempionlik uchun kurash olib borishi mumkin edi, ammo keyin muammolar yuzaga kelib, bu imkonsizga aylandi. Ularda bu mavsumda yevrokuboklar yo‘q va shu tufayli men chempionatda "Yuventus" kabi raqobatbardosh jamoani ko‘rmayapman", - dedi Buffon.
Eslatib o'tamiz, Italiya chempionatining to‘rt turidan so‘ng “Yuventus” 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.


