1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Chempionlar ligasining kambekchilari

Qaysi jamoa o'yinlarda eng ko'p iroda ko'rsatgan?

Chempionlar ligasining kambekchilari

 

"Real"ning yaqinda Chempionlar ligasida "Manchester Siti" ustidan g'alaba qozonishi futbol muxlislarini yana bir bor hayratga soldi. Jamoa dastlab hisobda ortda borib, yakunda juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Xo'sh, shu vaqtga qadar Chempionlar ligasida qaysi klub eng ko'p kambeklarni amalga oshirgan?

 

5 - o'rin, "Bavariya"

 

Myunxenliklar Chempionlar ligasida 302 ta o'yinda 24 ta kambekni amalga oshirgan. Oxirgisi o'tgan yili sodir bo'lgandi. Jamoa 5 daqiqada "Shaxtyor"dan ketma-ket gol o'tkazib yuboradi, biroq keyinchalik qatorasiga beshta to'p kiritishga muvaffaq bo'ladi.

 

4 - o'rin, "Manchester Yunayted"

 

"Qizil iblislar" "Bavariya"ga qaraganda kamroq o'yin o'tkazgan, ammo ko'proq kambeklarni amalga oshirgan: 248 ta o'yinda 25 ta. Jamoaning eng muhim kambeklaridan biri 2021-yilda sodir bo'ldi. O'shanda jamoa "Atalanta"ga 2:0 hisobida yutqaza turib, ketma-ket kiritilgan uchta to'p hisobiga g'alabani ilib ketadi.

 

3 - o'rin, "Manchester Siti"

 

Shaharliklar Yevropa chempionlar ligasida 134 ta o'yin o'tkazib, 26 ta kambek qayd etgan. Oxirgi marta ingliz klubi "Bryugge"ga imkoniyatni boy bera turib, g'alabani qo'lga kiritgan.

 

2 - o'rin, "Barselona"

 

Kataloniyaliklar Chempionlar ligasida 303 ta o'yinda 30 ta kambek qayd etgan. Kataloniyaliklar oxirgi marta joriy Chempionlar ligasida "Benfika" ustidan irodali g'alabaga erishdi. Jamoa 90+6 daqiqada urilgan gol evaziga portugal klubidan 5:4 hisobida ustun keldi.

 

1 - o'rin, "Real Madrid"

 

Madrid klubi kambeklar qiroli. Jamoa 326 ta o'yinning 34 tasida kambek qilishgan. Klub oxirgi marta "Manchester Siti"dan kambek hisobiga g'alaba qozondi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика