1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim / 
  4. Chet tilidan imtihon topshirish sanalari ma'lum bo'ldi

19:34 / 13.06.2022

1.3k

Chet tilidan imtihon topshirish sanalari ma'lum bo'ldi

Chet tilidan imtihon topshirish sanalari ma'lum bo'ldi

Test sinovlari barcha hududlarda o'tkaziladi.

 

Test sinovining yozma qismi 16-17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi, deya xabar berdi DTM.

 

Imtihonlar barcha hududlar, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilish uchun talabgorlardan my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limiga kirib, ruxsatnomani yuklab olishlari so'raladi.

 

Shuningdek, ular test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика