“UzAutoMotors” 2022-yil oxirida ushbu rusumdagi mashinalar ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilgan.
“UzAutoMotors” AJ joriy yilning birinchi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Shuningdek isteʼmolchilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Isteʼmolchilarning zamonaviy avtomobilga bo‘lgan talabining ortib borayotganligi sababli, “UzAutoMotors”ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o‘tkazmoqda.
Konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o‘tkazilishi munosabati bilan, 2022 yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so‘nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi. Bugundan boshlab, ushbu Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda UzAuto Motors avtomobillariga bo‘lgan talabning yuqori ekanligini inobatga olib, kompaniya Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qildi.
Bugundan boshlab dilerlik markazlarida ushbu avtomobillar uchun shartnoma berish yana qayta tiklanadi.


