Chexiya polisiyasi Vrbetisadagi portlash to‘g‘risida prezidentga topshirilgan hujjatlar yo‘q qilinganini bilib qoldi. Bu haqda Chexiya radiosi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Hujjatlar yo‘qolgani polisiya prezident adminstrasiyasidan DNK va barmoq izlarini o‘rganish uchun ma’lumotlar so‘raganda aniqlandi.
Prezident adminstrasiyasi polisiyaga hujjatlar xatolik tufayli noyabr oyida yo‘q qilinganini aytdi.
"2021 yilning 29 noyabridan 1 dekabrgacha o‘tgan yillarning mahfiy hujjatlari yo‘q qilingan, 500 dan ortiq hujjat", - deyiladi prezident devonxonasi xabarida.
Vrbetisadagi ombor portlashiga doir hujjatlar o‘tgan yilning aprel oyi boshlarida prezidentga taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, portlash 2014-yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda 2 kishi halok bo‘lgan. O‘tgan yili Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatni jo‘natishga qaror qildi. Praganing versiyasiga ko‘ra, ular diplomatik niqob ostidagi razvedka xodimlari bo‘lgan. Chexiya hukumati voqeaga Rossiya mahsus xizmatlarining aloqasi bor, deb sanagani uchun shunday qarorga kelgan.


