BMT Bosh Assambleyasi Chexiyani Butunjahon Inson huquqlari tashkiloti kengashiga kiritish uchun ovoz berdi. Avvalroq Rossiya Kengashdan chiqarilgan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2022-yil aprelida Rossiya tomonidan bo‘shatilgan Inson huquqlari kengashining o‘rniga Chexiyani sayladi. Qayd etilishicha, Chexiya yil oxiriga qadar BMT Inson huquqlari kengashida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Bosh assambleya Ukrainada rossiyalik harbiylar tomonidan tinch aholi o‘ldirilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligi to‘xtatilishini ma’qullagan edi.
Shuningdek, Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi Rossiyani tashkilotdan chiqarib yuborgani xabar qilingandi.


