8 oktyabr kuni Praganing Vaslav maydoniga energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishiga qarshi bir necha ming kishi namoyishga chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ular hozirda oyiga 644 yevroni tashkil etuvchi eng kam ish haqini oshirishni, shuningdek, kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni talab qilishdi.
Taʼkidlash joizki, Milliy statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, avgust oyida Chexiyada narxlarning o‘sishi yillik ko‘rsatkichda 17,2 foizni tashkil etdi. Favqulodda chora sifatida Bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi o‘ng markazchi hukumat noyabr oyining boshidan boshlab uy xo‘jaliklari va kichik biznes uchun elektr hamda gaz narxlariga cheklovlar kiritdi.


