1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiyaning yangi prezidenti Kiyevyga borishni rejalashtirmoqda

Petr Pavel Ukraina tomonida ekanini maʼlum qildi.

Chexiyaning yangi prezidenti Kiyevyga borishni rejalashtirmoqda

 

Chexiya Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Petr Pavel va Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputova Ukrainaga tashrif buyurish niyatida.

 

“Korrespondent” nashrining yozishicha, Pavel 29-yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Chaputova bilan birgalikda tashrif buyurish taklifi bilan chiqqan.

 

Slovakiya rahbari ham bu imkoniyatni ijobiy baholagan. Tashrifning aniq sanasi hozircha nomaʼlum.

 

Prezidentlikka yangi saylangan Petr Pavel Chexiya Yevropa Ittifoqi va NATO bilan strategik munosabatlarini saqlab qolishini hamda Ukraina tomonida bo‘lishini aytgan. Shuningdek, u Ukrainadagi urush Chexiyaga ham tegishli urush ekanligini, chunki bu xalqaro munosabatlar kelajagi, xavfsiz Yevropa kelajagi uchun muhim ekanini taʼkidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chexiya Respublikasining yangi Prezidenti Petr Pavelni saylovlardagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, hamkorlik davom etishiga umid bildirgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика