1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chilonzorda mis quvurlari ishlab chiqaruvchi sexda portlash sodir bo‘ldi

Chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro jarohat olgan

Chilonzorda mis quvurlari ishlab chiqaruvchi sexda portlash sodir bo‘ldi

 

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqaruvchi sexda yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, bugun, 14-iyun kuni soat 09:50 da Chilonzor tumanida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. 

 

Natijada voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Hozirda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика