Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqaruvchi sexda bugun, 14-iyun kuni soat 09:50 da portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, sexning bir qavatli bostirmasi (angar)da texnologik jarayonni buzilishi natijasida portlash hodisasi sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Natijada sexning tom qismi konstruksiyalarining qulab tushishi va 50 kvadrat metr maydonda ichki qismi va dastgohlarining yonishiga olib kelgan.
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan va 17 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olb borilmoqda.


