1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chinozda alimentdan qarzdor ota qo‘shnisining uyidan topildi

U bir yil davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Chinozda alimentdan qarzdor ota qo‘shnisining uyidan topildi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota qo‘shnisining uyidan topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.D.dan undiruvchi G.T. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Chinoz tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan hamda shu kunning o‘zida tegishli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Qarzdor S.D. bir necha bor ogohlantirilganligiga qaramasdan, bir yil davomida, yaʼni 2025 yil 1 yanvar kunidan 2026 yil 1 yanvar kuniga qadar hisoblab chiqilgan jami aliment qarzi 21 mln so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamagan. Shundan so‘ng qarzdorga nisbatan rasman qidiruv eʼlon qilingan.

 

Tezkor-qidiruv harakatlari davrida, qarzdor Chinoz tuman hududida joylashgan qo‘shnisining uyiga yashiringanligi aniqlanib topilgan hamda uning huquq va majburiyatlari to‘liq qayta tushuntirilgan.

 

Qarzdor S.D.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborilgan va qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика