1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiqindidan qarzdor 200 minga yaqin fuqaroning “svet”ga to'lov qilishi cheklandi

Qarzdorlikni qoplash uchun avval 1,17 mln abonent SMS orqali ogohlantirilgan va 5 kun muddat berilgan.

Chiqindidan qarzdor 200 minga yaqin fuqaroning “svet”ga to'lov qilishi cheklandi

 

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 5-fevral holatiga respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan shakllangan va qoplanmagan debitor qarzdorlik umumiy hisobda 108,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

Mazkur qarzdorlik yuzasidan jami 1 174 686 nafar abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan SMS-xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Abonentlarga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muddat berilgan bo‘lib, ushbu davrda 12,7 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan.

 

Shunga qaramay, hozirgi vaqtda qoplanmay qolgan 15,8 mlrd so‘mlik maishiy chiqindi xizmati qarzdorligi sabab respublika bo‘yicha 198 858 nafar abonentning elektr energiyasi uchun to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi.

 

Ta’kidlanishicha, qarzdorlik to‘liq bartaraf etilishi bilan ushbu cheklov darhol bekor qilinadi.

 

Ma’lumot uchun, 1044-sonli qonunga muvofiq chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomi tartibga solingan. Unga ko‘ra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Chiqindilarni boshqarish agentligining “Toza makon” billing tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ billing tizimiga uzatiladi.

 

Mazkur tartib 2025-yil 30-iyungacha shakllangan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yil 1-iyuldan boshlab yuzaga kelgan qarzdorliklar uchun esa ushbu tartib 2025-yil 5-noyabrdan qo‘llanilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика