1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiqindidan qarzdor 204 895 abonentning elektr to‘loviga vaqtinchalik cheklov qo‘yildi

Chiqindi xizmatidan umumiy 18,2 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud. Avval ogohlantirilgan abonentlarga 5 kunlik muddat berilgan va shu vaqt davomida 9,4 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirilgan.

Chiqindidan qarzdor 204 895 abonentning elektr to‘loviga vaqtinchalik cheklov qo‘yildi

 

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, 2025-yil 6-dekabr holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligi mavjud 204 895 abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

 

Bunga qadar chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m qarzdorlik bo‘yicha 231 014 abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamiga yuborilgan SMS xabarnomalar orqali ogohlantirilgan edi. Abonentlarga qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat berilgan va ushbu davrda jami 9,4 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan 18,2 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud.

 

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan darhol olib tashlanadi.

 

Ma’lumot uchun, 1044-sonli Qonunga muvofiq, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomi tartibga solingan. Har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar haqidagi ma’lumotlar Chiqindilarni boshqarish agentligining “Toza makon” billing tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatiladi. Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yil 1-iyuldan chiqqan qarzdorliklar uchun esa 2025-yil 5-noyabrdan boshlab qo‘llanilmoqda.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat belgilangan xizmatlar bo‘yicha onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика