
Qayd etilishicha, ko‘prik qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” avtomagistralidan Chirchiq shahriga kiraverishda daryo to‘g‘oni yonida quriladi. Loyihada to‘xtash hududlari, sug‘orish va irrigatsiya tizimlari, tashqi yoritish qurilmalari eʼtiborga olingan.
Bundan avvalroq dunyodagi eng muhtasham 10 ta ko‘prikning fotojamlanmasi taqdim etilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


