1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chirchiq daryosiga baliq tutgani borgan erkak suvda oqib ketdi

U oyoq kiyimini olish uchun suvga tushgan va daryo tez oqayotgani sababli cho‘kib ketgan.

Chirchiq daryosiga baliq tutgani borgan erkak suvda oqib ketdi

FVV xabar berishicha, Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda xushsiz holda oqib kelayotganini ko‘rgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

 

Ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganida oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman degan vaqtda daryo suvi tez oqayotgani sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.

 

"Hurmatli fuqarolar suv havzalari va uning bo‘ylarida ehtiyotkor bo‘lish hamda xavfsizlik choralariga amal qilishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика