Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv щtkazildi. Unda “G.I.” MCHJ rahbari J.E. “I.” MCHJga tegishli 3-qavatli noturar joy binosi internet saytlari orqali sotuvga qo‘yilganligidan foydalanib, obyektning kadastr hujjati, MCHJ rahbarining imzo va muhrini qalbakilashtirib, ushbu hujjatlar orqali binoni garov taʼminoti sifatida qo‘yib, bankdan 4 milliard so‘m olgani aniqlandi.
Tijorat banki filiali masʼul shaxslari J.E. tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq o‘rganmagan hamda kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi monitoring qilinmagani oqibatida, tadbirkor va bank manfaatlariga 4 mmillard so‘m zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


