1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Chirchiqdagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

Bir shaxs sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilgan.

Chirchiqdagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxs dorixonaga pichoq ko‘tarib kirib, sotuvchidan pul talab qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi dorixonalardan birida sodir bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, voqea 13-yanvar kuni soat taxminan 23:05lar atrofida yuz bergan.

 

“Har kunlik ish faoliyatimni olib borayotgandim. Soat 23:00da dorixonani yopib, kassaning oldiga kelganimda notanish shaxs dorixonaga bostirib kirdi. So‘ngra qarshilik qilishimga qaramasdan pichoq bilan tahdid qilib, kassadan taxminan 700 ming so‘m atrofidagi pulni olib ketdi”, - degan dorixona sotuvchisi.

 

Shundan so‘ng sotuvchi “102”ga qo‘ng‘iroq qilgan va voqea joyiga tezkor xodimlar yetib borishgan. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs shu kunning o‘zida aniqlanib, prosessual tartibda qo‘lga olingan. Yigit o‘sha vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganini, nima ish qilib qo‘yganini bilmay qolganini bildirgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика