1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiroqchida sel oqibatida 2 ta uyni suv bosdi

Holat bo‘yicha FVB ma’lumot berdi.

Chiroqchida sel oqibatida 2 ta uyni suv bosdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Kitob tumanlarida sel kelishi bilan bog‘liq videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, sel Chiroqchi tumanining “Chambul”, va “Galabek” qishloqlarida, Kitob tumanining “Ayoqchi” qishlog‘ida kuzatilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha mas’ullari manzillarda qishloq faollari bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib borgan. 


Ma’lum bo‘lishicha, qishloqlarning ichki yo‘l yoqasidagi yo‘naltiruvchi suv ariqlari tuproq va chiqindilar bilan to‘lib qolishi natijasida sel suvlari yo‘llardan toshib, shu kabi noqulayliklarni keltirib chiqargan.

 

Sel oqibatida faqatgina Chiroqchi tumanida 2 ta yashash xonadon hovlisida suv to‘planib qolgan.

 

“Hech bir bino inshootlarga ziyon yetmagan. Viloyat qutqaruv xizmatining joylarda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markazi faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика