1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi

Hukumat qarori bilan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan avtoraqamlar savdolarga qo‘yiladi.

Chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi

 

Hukumat qarori bilan oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati yangilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang‘ich narxda auksion savdolariga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, avtomobil boshqa shaxsga o‘tkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan "chiroyli raqami" yo‘l harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida pul to‘lanadi.

 

Maʼlumot uchun, ilgari qo‘shimcha 12 oy saqlash tartibi bo‘lmagan, 12 oydan keyin «chiroyli raqam» olib qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика