1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Chiroyli” avtoraqamlarni sotish rekord darajaga chiqdi

Mamlakatimizda 9 oy ichida oldingi uch yilga qaraganda avtoraqamlarga nisbatan ko‘p mablag‘ sarflagan. Bu haqida “Spot.uz” xabar berdi.

“Chiroyli” avtoraqamlarni sotish rekord darajaga chiqdi

 

 

Unda aytilishicha, “chiroyli” avtomobil raqamlarining sotilishi hayratlanarli darajaga chiqqan.

 

Tovar-xomashyo birjasining so‘nggi statistik maʼlumotlariga qaraganda, “chiroyli” avtomobil raqamlarini sotish bo‘yicha rekordlar  yangilanishda davom etmoqda.

 

2021-yilning to‘qqiz oyida 105,6 mingta avtomobil raqami sotib olingan va ularga 221,1 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.  Bu savdo boshlanganidan buyon mutlaq rekord natijadir. 2018-2020 yillarda bu raqam 205,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

 

Joriy yilning birinchi yarmida avtomobil raqamlarini sotish 139 milliard so‘m,  iyul -sentabr oylarida esa mazkur summaga yana 82 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shilgan. Bu hatto, butun 2019-yil davomida sotilgan avtomobil raqamlaridan ham ko‘p  degani.

 

Maʼlumot uchun: 2020-yil noyabr oyidan har qanday kombinatsiyali “chiroyli” avtoraqamlar uchun buyurtma berishga ruxsat berildi. Maxsus raqamlarning boshlang‘ich narxi oddiy raqamdan ancha yuqori.

 

Bundan avval 1-iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgarishi, istalgan fuqaro UZB, AAA seriali avtoraqamlarni auksion orqali sotib olishi mumkinligi hamda onlayn-auksionlar orqali 168 milliard so‘mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика