1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

Bu bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

Toshkent shahridagi Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha 2 noyabr kuni yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolari qurilishini o‘z ichiga olgan loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Loyiha Drezdendagi Postplatz maydoni, Berlindagi EDGE Suedkreuz kabi inshootlarni rekonstruksiya qilish loyihalari muallifi — Germaniyaning “Tchoban Voss Architekten” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Qurilish ishlari 2025 yilda boshlanib, 3,5 yil davom etadi. Jarayon o‘zbekistonlik va xorijiy investorlar konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi. Majmuaning ochilishi esa 2029 yilga rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, loyiha qiymati $170 mlndan ortiq. Maydonni rekonstruksiya qilish 620 ish o‘rnini taʼminlab, Toshkent shahri fondiga qariyb 113 ming kv.metr turar-joy va tijorat ko‘chmas mulklarini qo‘shadi, deyiladi taqdimotda.

 

“Chorsu maydonining yangi qiyofasi poytaxtning Eski shahrini o‘zgartirib yuboradi. Bu yerda investitsiyalar va biznes uchun muhim jozibador nuqta paydo bo‘ladi. Bizning majmuamiz eng yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar ofislari uchun uyga aylanishini kutamiz”, — dedi loyiha ishlab chiquvchilar jamoasi rahbari Andrey Trebunskiy.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi mehmonxona sayyohlarga eski Toshkentning qoq markazida eng yirik megapolislar darajasida qulay yashash imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика