
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining 1004- kilometrida Jizzax shahri Amir Temur mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “ZIL”ni yo‘lning belgilanmagan joyidan buradi. Oqibatda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Yangisaroy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Sobalt” “ZIL”ga urilgan.
Oqibatda, “Cobalt” yo‘lovchisi, Qashaqadaryo viloyati Koson tumani Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur avtoulov salonida bo‘lgan Qarshi shahri Beshkent mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yana bir shaxs og‘ir darajada tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda “Matiz” mast piyodani urib yuborishi oqibatida piyoda shifoxonada vafot etgani hamda Yunusobodda yuz bergan YTH bir inson o‘limi bilan yakun topgani haqida xabar berilgandi.


