1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Cobalt yo‘lovchisi temir jism bilan Lada-Largus haydovchisiga hujum qildi

Voqea Qashqadaryoda yuz bergan.

Cobalt yo‘lovchisi temir jism bilan Lada-Largus haydovchisiga hujum qildi

 

Qashqadaryoda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan Cobalt yo‘lovchisi boshqa bir mashina haydovchisini urmoqchi bo‘ldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 15-dekabr kuni soat 16:50 larda Qarshi shahar Alisher Navoiy ko‘chasida svetoforning qizil chirog‘ida o‘z yo‘lida to‘xtab turgan Lada-Largus haydovchisini Cobalt rusumli avtomobilda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan salondagi yo‘lovchi urmoqchi bo‘lgan. Haydovchiga yeta olmagach, u avtomashinaning oynalarini temir jism bilan urib, sindirgan.

 

Holatga guvoh bo‘lgan Qashqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Hozirgi kunda mazkur holatda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, zarar miqdorini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика