Joriy yilning 24-dekabr soat 09:50larda fuqaro F.D. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasi bilan Qiziltepa tumanidagi "Burger" kafesi oldidagi avtoturargohda bo‘lgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Natijada haydovchi F.D. va uning 3 yoshli farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Voyaga yetmagan R.Sh.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


