1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

COVID'ga qarshi qo‘llanilayotgan ikki doridan voz kechish kerak — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19'ni davolash bo‘yicha baʼzi tavsiyalarini yangiladi.

COVID'ga qarshi qo‘llanilayotgan ikki doridan voz kechish kerak — JSST

 

Endi koronavirusga chalingan bemorlarda ikki preparat — Sotrovimab va Kazirivimab/imdevimab dorilarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

 

Bu xulosa uchun xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan chuqur laboratoriya tekshiruvlari asos bo‘ldi. Maʼlum bo‘lishicha, pandemiyaning dastlabki davrida foydalanilgan mazkur farmatsevtik mahsulotlar allaqachon eskirgan va koronavirusning so‘nggi shtammlariga qarshi yetarli samara bermaydi.

 

Tashkilot tavsiyalari birinchilardan bo‘lib AQSHda hayotga tatbiq etildi. Natijada har ikki preparat mamlakat farmatsevtika bozoridan chiqarib tashlandi.

 

Shuningdek, JSST virusga qarshi dori vositasi — Remdesivirni xastalikning og‘ir darajalarini boshdan kechirayotgan hamda statsionar sharoitda davolanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda qo‘llash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика