Rossiya Ukrainada halok bo‘lgan va yaradorlar bilan 200 ming askar yo‘qotdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Xususan, yo‘qotishlar Soledar va Baxmutga hujumlar davrida keskin ko‘paygan. Moskva Baxmutni egallash unga butun Sharqiy Donbassda g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Shuning uchun oldingi marralarga kuchli tayyorgarlikdan o‘tmagan askarlar va sobiq mahbuslar jo‘natilyapti. Natijada kuniga yuzlab harbiylar halok bo‘lmoqda va yaralanmoqda.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina yo‘qotishlari ham shunday ko‘rsatkichda. Ammo Kiyev bu haqda maʼlumotlarni ochiqlamayapti. Ukrain qo‘mondonligi tajribali piyoda bo‘linmalarini zaxirada ushlab turibdi, kam tayyorgarlikdan o‘tgan va hududiy mudofaa bo‘linmalari oldingi marrada jang qilmoqda.
Oxirgi marta AQSH Rossiyaning yo‘qotishlarini 100 mingdan ortiq deb baholagandi.


