1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Dam olish kuni ishlashdan bosh tortish mumkinmi?

Andijonda shanba-yakshanba kunlari ishlagan xodimlarga qo‘shimcha ish haqi undirib berildi.

Dam olish kuni ishlashdan bosh tortish mumkinmi?

 

Andijon viloyati Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xodimlarining murojaatlari o‘rganib chiqildi.

 

Murojaatda markaz xodimlari dam olish, yaʼni shanba va yakshanba kunlari ham rahbariyat tomonidan ishga jalb qilinayotgani, biroq buning uchun hech qanday qo‘shimcha mablag‘ to‘lanmayotganini bildirib, oylik maoshiga qo‘shimcha kompensatsiya undirishda amaliy yordam so‘rashgan. 

 

Ularning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida markazning uch nafar xodimi bir necha yillardan buyon dam olish kunlari ham ishlab kelsa-da, haqiqatan ham ularning ish haqlariga qo‘shimcha kompensatsiya pullari berilmasdan kelayotganligi aniqlandi.

 

Vaholanki, Mehnat Kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 5-bandida ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda to‘lab berilishi ko‘rsatib o‘tilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Tuman adliya bo‘limi tomonidan uch nafar markaz xodimlarining uch yil davomida dam olish kunlarida ishlaganliklari uchun haq to‘lanishi bo‘ycha fuqarolik ishlari bo‘ycha Asaka tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

 

Mazkur daʼvo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli hal qiluv qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, javobgarning zimmasiga markaz xodimlariga jami 17 million 391 ming so‘m qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика